Ko'p so'raladigan Savollar
Ta'lim muassasamiz haqida sizni qizitirgan savollar bormi? Unda Ko'p so'raladigan savollardan foydalaning yoki boshqa savol uchun biza muroojaat qiling.
Biz doimiy ravishda 15 avgustdan 20 sentabrgacha
hujjtlarni qabul qilamiz
Har qanday yoshda hujjat topshirish mumkin va
imtihonlardan muvaffiyatli o'tgan abuterent qabul qilinadi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy
xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2012 yil
31 maydagi PQ-1765-son (https://lex.uz) qaroriga asosan muddatli harbiy
xizmatni o’tab bo’lgan, harbiy qismlar qo’mondonligining
tavsiyanomalariga ega bo’lgan barcha fuqarolarga respublikaning barcha
oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirishda
to’plash mumkin bo’lgan eng ko’p ballning 27 foizi miqdorida qo’shimcha
ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston oliy ta’lim
muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o’qitish
tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi
169-sonli (https://lex.uz/docs/-1380636) qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari O’zbekiston Respublikasi
fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda ya’ni bakalavriatga kirish
uchun 20 iyundan 20 iyulga qadar, magistraturaga kirish uchun 1 iyuldan
30 iyulga qadar qabul qilinadi. O’rnatilgan tartibga binoan xorijiy
fuqarolar hujjatlarini tegishli oliy ta’lim muassasasining Qabul
komissiyasiga to’g’ridan-to’g’ri topshirishlari kerak. Xorijiy fuqarolar
bakalavriatga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
tomonidan har yili 1 avgust kuni o’tkaziladigan test sinovlari
natijalari asosida qabul qilinadilar. Magistraturaga esa oliy ta’lim
muassasalari tomonidan mustaqil ravishda tahminan 1-10 avgust oralig’ida
tashkil etiladigan kirish imtihonlari natijasi asosida qabul
qilinadilar. Xorijiy fuqarolarni talabalar safiga qabul qilish Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga
qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining qarori asosida test
sinovlari (bakalavriat uchun) yoki kirish imtihonlari (magistratura
uchun) natijalariga ko’ra amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolarning hujjatlari OTM qabul
komissiyasi tomonidan quyidagi ro’yxatga asosan qabul qilinadi.
1) F.I.Sh., fuqaroligi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan rektor nomiga ariza;
2) Milliy pasport kopiyasi;
3) Xorijiy fuqaro uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo’lsa;
4) Bakalavriat uchun - xorijiy fuqaroning o’rta yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/ sertifikatning o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi; Magistratura uchun - Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning (ilovasi bilan) o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
5) Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli);
6) Fotosurat (3,5x4,5) – 6 dona.
1) F.I.Sh., fuqaroligi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan rektor nomiga ariza;
2) Milliy pasport kopiyasi;
3) Xorijiy fuqaro uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo’lsa;
4) Bakalavriat uchun - xorijiy fuqaroning o’rta yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/ sertifikatning o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi; Magistratura uchun - Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning (ilovasi bilan) o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
5) Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli);
6) Fotosurat (3,5x4,5) – 6 dona.
Savol yoki har qanday turdagi murojaat yuborish yozish jarayonida odob axloq qoidalarga qa'tiy rioya qiling qo'pol hamda shaxsiyatga ta'sir o'tkazishga qaratilgan har qanday mavzudagi savol va murojaatlarni ko'rib chiqmaslik va tegishla tartibda chora ko'rish huquqiga egamiz.